Londonda Charlz III ning toj kiyish marosimi boshlandi

Olam

image

Bugun, 6 may kuni Londondagi Vestminster abbatligida Charlz III va qirolicha Konsorti Kamillaning toj kiyish marosimi doirasidagi tadbirlar boshlandi. Marosim Bukingem saroyi va mahalliy OAV tomonidan jonli efirga uzatilmoqda.

Mahalliy vaqt bilan soat 06:00 da qirollik kortejining Bukingem saroyidan Vestminster abbatligigacha bo‘lgan yo‘nalishi bo‘ylab kuzatuv maydonchalari ochildi. Yo‘lning uzunligi 2,29 kilometrni tashkil etdi. Abbatlikkacha bo‘lgan kortejga 200 nafar askar, asosan saroy otliqlari hamrohlik qildi. Umuman olganda, toj kiyish kuni xavfsizlikni ta’minlashga to‘rt mingga yaqin harbiy xizmatchilar jalb etilgan.

Qirollik korteji Bukingem saroyidan Vestminster abbatligiga yetib keldi va shundan so‘ng bir necha bosqichdan iborat bo‘lgan ikki soatlik toj kiyish marosimi boshlandi.

Birinchi bosqichda Charlz III o‘z fuqarolari bilan tanishtirildi: u dunyoning to‘rt burchagiga murojaat qildi, shundan so‘ng u "shubhasiz qirol" deb e’lon qilindi va hozir bo‘lganlar unga sodiq xizmat qilish uchun qasamyod qildi. Keyin Charlz III ham qirollik qasamyodini qabul qildi.

Shundan so‘ng qirol 1300 yilda yasalgan Avliyo Edvard kursisiga o‘tirdi va arxiyepiskop monarxning peshonasiga muqaddas moy surdi, ko‘kragi va qo‘llariga xoch chizdi. 

Marosimning keyingi, eng tantanali bosqichida Charlz III ga toj kiydirildi: u hayotida ilk marta Avliyo Eduard tojini kiydi. Shundan so‘ng unga qirollik liboslari taqdim etildi. Keyin arxiyepiskop uning boshiga toj kiydirdi, abbatlik qo‘ng‘iroqlari jiringladi, karnaylar chalindi.

Marosimning yakuniy bosqichi taxtga ko‘tarilish bo‘ladi. Charlz III 1066 yildan beri Vestminster abbatligida taxtga o‘tiradigan 40-chi hukmron monarx bo‘ldi.

Shundan so‘ng, Kamilla uchun oddiyroq toj kiyish marosimi bo‘lib o‘tdi, malika qasamyod qilmadi.

Vestminster abbatligidagi toj kiyish marosimiga 2,3 mingga yaqin kishi taklif etilgan, ular orasida qirollik oilasi a’zolari, 203 davlat vakillari, shuningdek, jamoat va xayriya arboblari bor. Marosimda 100 ga yaqin davlat rahbarlari ishtirok etmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

London Charl'z III toj kiyish marosimi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made