Londonda Assanj tarafdorlari namoyishga chiqdi

Olam

image

Londonda Britaniya rasmiylarining WikiLeaks asoschisi Julian Assanjni AQSHga ekstraditsiya qilish qaroriga qarshi miting bo‘lib o‘tdi. Britaniya poytaxti ramzlaridan biri sanalgan eski qizil avtobusga “Assanjga erkinlik”, “Jurnalistika jinoyat emas” va “Assanjni ekstraditsiya qilmang” degan bannerlar osilgan edi. 

Ichki ishlar vazirligi binosi yonida to‘plangan Assanj tarafdorlari jurnalistni himoya qilish uchun qisqa nutqlardan so‘ng avtobusga o‘tirdi va mashina parlament tomon harakatlandi. 

O‘sha paytda avtobusda Assanjning otasi Jon Chipton, uning ukasi Gabriyel Chipton, avstraliyalik tadqiqotchi jurnalist Jon Pilger va qo‘shiqchi Devid Roviks ham bo‘lgan. 

Aksiya ishtirokchilari shu tariqa 1972 yil 3 iyulda tug‘ilgan Assanjning tug‘ilgan kunini o‘ziga xos tarzda nishonlashdi. 

Ichki ishlar vazirligi oldiga yig‘ilgan namoyishchilardan biri Assanjning haqiqatni aytgani uchun hibsga olinganini aytib, nutqini quyidagi so‘zlar bilan davom ettirdi:  

“Assanj shunchaki urush jinoyatlarini fosh etmadi. U josuslik, ekologik ofatlar kabi ko‘plab muammolarni ko‘targan. Agar Assanj buni oshkor qilmaganida, hech kim bu haqda bilmas edi. Hammamiz Assanjdan qarzdormiz. Biz uning ozodligi uchun kurashishimiz kerak”. 

20 aprel kuni Vestminster magistratura sudi Assanjni ekstraditsiya qilish to‘g‘risida qaror chiqardi va ish ichki ishlar vaziri Priti Patelga topshirildi. 

Patel 17 iyun kuni Assanjni AQSHga ekstraditsiya qilish haqidagi qarorni imzoladi

O‘z navbatida WikiLeaks apellyatsiya shikoyati berishini ma’lum qildi.

Assanj ishi 

Qo‘shma Shtatlarda 50 yoshli avstraliyalik Julian Assanj Amerika tarixidagi maxfiy ma’lumotlarni oshkor qilishning eng yirik ishi bilan bog‘liq jinoyatlarda ayblanmoqda. Unga qo‘yilgan ayblovlar bo‘yicha 175 yillik qamoq jazosi berilishi mumkin. O‘tgan oy Londondagi Vestminster magistratura sudi Oliy sud qaroridan so‘ng, Assanjni AQSHga ekstraditsiya qilish to‘g‘risida qaror chiqargan edi. Oxirgi uch yil davomida Assanj Londonning Belmarsh yuqori xavfsizlik qamoqxonasida saqlanmoqda.

Joriy yilning yanvar oyida Londondagi Vestminster magistratura sudi WikiLeaks asoschisining ekstraditsiya qilinishini noqonuniy deb topdi, chunki autizm va klinik depressiyadan aziyat chekayotgan Assanj AQSH qamoqxonasiga tushib qolsa, o‘z joniga qasd qilishga tayyor. Bu Assanjni AQSHga ekstraditsiya qilishdan bosh tortish uchun asos bo‘ldi, u yerda unga qarshi 18 ta jinoiy ish qo‘zg‘atildi, ammo bu qaror AQSH Adliya vazirligi tomonidan e’tirozga uchradi.

O‘tgan yilning dekabr oyida avstraliyalik advokatlar Buyuk Britaniya Oliy sudida qabul qilingan qaror ustidan shikoyatni ko‘rib chiqishni so‘rab London Oliy sudiga murojaat qilishgan. 24 yanvar kuni London Oliy sudi qaror ustidan Buyuk Britaniya Oliy sudiga shikoyat qilinishi mumkinligi haqida qaror chiqardi. 15 mart kuni oliy sud jurnalistni bu huquqdan mahrum qildi. Ekstraditsiya bo‘yicha yakuniy qarorni Ichki ishlar vaziri Patel qabul qilishi kerak edi.

Julian Assanj – avstraliyalik jurnalist va teleboshlovchi va “WikiLeaks” asoschisi. 

Ma’lumot o‘rnida, Julian Assanj 2010 yilda Shvetsiyada jinsiy zo‘rlash nomusga tegishda ayblangan edi. 2012 yil iyun oyidan beri u Londondagi Ekvador elchixonasi hududida yashirinib yurdi va 2019 yil aprel oyida AQSH so‘roviga binoan hibsga olindi. London sudi Assanjni garov shartlarini buzganlikda aybdor deb topdi va uni 11 oy qamoq jazosiga hukm qildi.

Amerika Qo‘shma Shtatlarida u josuslik to‘g‘risidagi 18 ta qonunni buzganlikda, shuningdek, maxfiy ma’lumotlarni oshkor qilganlikda ayblanmoqda. 


Maqola muallifi

Teglar

Julian Assanj

Baholaganlar

77

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing