Toshkentda kanaldan navqiron yigitning jasadi chiqdi
Jamiyat
−
06 avgust 2019
9148Poytaxt Toshkent shahrining Chilonzor tumanida kanaldan odam jasadi topildi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB Matbuot xizmati xabar berdi.
Kecha, 5 avgust kuni soat 10:40 da 31 Bobur R. 102 ga qo‘ng‘iroq qilib, Chilonzor tumanidan oqib o‘tuvchi Bo‘rijar kanalida erkak tanasini ko‘rganini aytgan.
Voqea joyiga FVV qutqaruvchilari erkak tanasini suvdan chiqargan. Keyinroq, u Shayxontohur tumanida yashagan, 1 avgust kuni bedarak yo‘qolgan deb e’lon qilingan 27 yoshli A.M. ekani ma’lum bo‘lgan.
Hozirda holat yuzasidan tekshiruv ishlari boshlangan.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr