London kiberhujumlar ortidan 11 nafar rossiyalikka sanksiya kiritdi

Olam

image

Buyuk Britaniya Amerika Qo‘shma Shtatlari bilan kelishilgan holda, 11 nafar Rossiya fuqarosiga sanksiya qo‘lladi. Ular Britaniya kasalxonalari va muhim infratuzilmalarga, jumladan mahalliy hokimiyat organlari, biznes kompaniyalari va maktablariga kiberhujumlar uyushtirishda ishtirok etgan. Bu haqda Birlashgan Qirollik moliyaviy sanksiyalar boshqarmasi e’lon qilgan yangilangan qora ro‘yxatda keltirilgan.

Unda 11 kishining ma’lumotlari, jumladan, ularning tug‘ilgan sanalari hamda Trickbot va Conti guruhlarida bajargan funksiyalari mavjud. Qirollik rasmiylari shifoxonalarga hujumlar pandemiya davrida amalga oshirilganini da’vo qilmoqda. Britaniya hukumati ma’lumotlariga ko‘ra, guruhdagi tayinlangan shaxslar butun dunyo bo‘ylab qurbonlaridan kamida 180 million dollar va Buyuk Britaniyadagi 149 qurbondan kamida 27 million funt sterling (33,7 million dollar) olgan.

Bu shaxslarning barchasiga Buyuk Britaniyaga kirish taqiqlangan, agar aniqlansa, ularning mamlakatdagi aktivlari muzlatiladi. AQSH Moliya vazirligi ham kiberxavfsizlik bilan bog‘liq sanksiyalar ro‘yxatini Rossiyadan 11 nafar shaxsni qamrab olgan holda kengaytirgan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Rossiya va Xitoy xakerlari Britaniya Tashqi ishlar vazirligining ichki tizimiga kirishga muvaffaq bo‘lgani aytilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

London kiberhujumlar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing