London Afrika davlatlari bilan harbiy hamkorlikni kuchaytirmoqchi
Olam
−
31 iyul 2023 3787 2 daqiqa
Buyuk Britaniya Afrika davlatlari bilan xavfsizlik sohasida hamkorlikni kuchaytirish va mahalliy harbiy tuzilmalar uchun o‘quv dasturlarini joriy etish niyatida. Bu haqda Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vaziri Jeyms Kleverli “Financial Times” gazetasiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, London Afrika armiyasi bo‘linmalarini tayyorlash bo‘yicha britaniyalik instruktorlar haqidagi Afrika yetakchilarining so‘rovlarini “jiddiy ko‘rib chiqishga” tayyor. Buyuk Britaniya hozirda Afrikaning bir qancha mamlakatlarida, jumladan Keniya va Ganada harbiy tayyorgarlik kurslarini o‘tkazmoqda, shuningdek, qit’ada bir qancha tinchlikparvar missiyalarda ishtirok etmoqda.
Shuningdek, Kleverli Afrikada G‘arb uchun aniq strategiyaning yo‘qligi “Vagner” xususiy harbiy kompaniyasining mintaqadagi pozitsiyasini mustahkamlashga olib kelganini ta’kidlagan.
"Biz o‘zimizga nisbatan haqqoniy bo‘lishimiz kerak. Agar bu joy egallab olingan bo‘lganda, “Vagner” guruhi Afrikada faol bo‘lmasdi", degan vazir Gana, Nigeriya va Zambiyaga safari oldidan.
Uning qo‘shimcha qilishicha, G‘arb Afrikaga Rossiya Federatsiyasi yoki Xitoyning yondashuvidan farq qiladigan muqobil rivojlanish variantini taklif qilishi kerak.
"Xitoyga kelsak, qarz masalasini hal qilish haqida gap ketganda men hozirgi qarzdorlik darajasidan va Pekin Parij kreditorlar klubi bilan o‘zaro aloqada emasligidan noqulaylik sezayotgan Afrika yetakchilari bilan gaplashyapman”, deydi Britaniya TIV rahbari.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq “Vagner” xususiy harbiy kompaniyasi asoschisi Yevgeniy Prigojin Afrika mamlakatlarida o‘z jangchilari sonini ko‘paytirishga tayyorligini ma’lum qilgandi.
Live
Barchasi