Ko‘nglimiz bir, dasturxonimiz bir: Erdo‘g‘an Twitter'da O‘zbekiston haqida yozdi
Olam
−
29 may 2019
8929Turkiya hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi (TIKA) O‘zbekistonda iftorlik tashkil qildi. Iftorlik dasturxoniga o‘zbekistonliklar taklif qilindi.
Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an TIKA uyushtirgan iftorlik va O‘zbekistonning qadimiy boy madaniyatini e’tirof etib ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida post qoldirdi.
“Buxoro, Samarqand kabi qadim shaharlari ila buyuk bir madaniyatning meroschisi – O‘zbekistonda TIKAning iftor dasturxonida mehmon bo‘lgan o‘zbek do‘stlarimizning butun Turkiyaga salomlari bor!”, degan Rajab Toyib Erdo‘g‘an.
Xabarga O‘zbekistonning e’tiborga molik qadamjolari aks ettirilgan videorolik ham ilova qilingan.
Turkiya Prezidenti post ostiga #GönlümüzBirSoframızBir (Ko‘nglimiz bir, dasturxonimiz bir) xeshtegini ham qoldirgan. Shu tariqa Erdo‘g‘an qardosh o‘zbek va turk xalqlari hamda ikki davlat o‘rtasida aloqalarning tobora rivojlanib borayotganini yana bir bor qayd etib o‘tgan.
LiveBarchasi