Lola Murodova vafot etdimi? Viloyat SSB izoh berdi

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston Qahramoni, Oltiariq tumanidagi "Nurli obod" fermer xo‘jaligi rahbari Lola Murodova vafot etgani to‘g‘risida xabarlar tarqaldi. Farg‘ona viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasi Matbuot xizmati bu xabarlarga munosabat bildirib, u asossiz ekanini ma’lum qildi.

"Lola Murodova ayni paytda viloyat shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazida og‘ir stabil ahvolda bo‘lib, Respublikaning tajribali shifokorlar tomonidan kerakli muolajalar olib borilmoqda.

Ijtimoiy tarmoq faollaridan noto‘g‘ri xabarlar tarqatmaslikni so‘rab, Lolaxon opaga Allohdan shifo so‘raymiz", deyiladi viloyat SSB xabarida.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Qahramoni, Oltiariq tumanidagi “Nurli obod” fermer xo‘jaligi rahbari Lola Murodova qattiq betob bo‘lib qolgandi. Prezident Shavkat Mirziyoyev unga tezda shifo topishni tilagan.

Ma’lumot uchun, Lola Murodova 2019 yilda “O‘zbekiston Qahramoni” unvoni bilan taqdirlangan. Keyinroq, senator etib saylangan. Lola Murodova  O‘zLiDeP Siyosiy kengashining 18 yanvar kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishida so‘zga chiqib, Prezident ayollarga hokimlik lavozimini ishonib topshirsa, ular bu vazifani do‘ndirib bajarishini aytgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1629

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing