Lola Murodova vafot etdi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Qahramoni, Oltiariq tumanidagi “Nurli obod” fermer xo‘jaligi rahbari Lola Murodova vafot etdi.

Lola Ne’matovna Murodova 1958 yil Oltiariq tumanida tug‘ilgan. “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan qishloq xo‘jaligi xodimi” unvoni (2004 y.), “El-yurt hurmati” ordeni (2013 y.), “Fidokorona mehnatlari uchun” ordeni (2017 y.), “O‘zbekiston Qahramoni” va “Qizil yulduz” ordeni (2019 y.) Davlat mukofotlari bilan taqdirlangan.

QALAMPIR.UZ tahririyati jamoasi marhumaning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildiradi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Qahramoni, Oltiariq tumanidagi “Nurli obod” fermer xo‘jaligi rahbari Lola Murodova qattiq betob bo‘lib qolgandi. Prezident Shavkat Mirziyoyev unga tezda shifo topishni tilagan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

2983

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing