Koronavirus Fors ko‘rfazidagi yana bir davlatda aniqlandi

Olam

image
Koronavirus sabab Tokio Olimpiadasi Londonga ko‘chiriladimi? north_east

Koronavirus sabab Tokio Olimpiadasi Londonga ko‘chiriladimi?

Dunyoning 30 dan ortiq davlatiga kirib borgan yangi kornavirus Bahraynda ham qayd etildi. Bu haqda Bahrayn axborot agentligi mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligiga tayanib хабар berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, virus Erondan kelgan Bahrayn fuqarosida aniqlangan. U va u bilan aloqada bo‘lgan barcha Manamadagi tibbiyot markazida karantinga olingan.

Ma’lumot uchun, Eronda koronavirus aniqlangach, oradan ko‘p o‘tmay Iroqda ham COVID-19 bilan kasallanish holati qayd etilgandi. Hozirgacha 8 kishi halok bo‘ldi. Bu Xitoydan keyingi eng yuqori ko‘rsatkich.

Yangi koronavirus

Xitoyning Xubey provinsiyasi markazi Uxan shahrida o‘tgan yilning dekabr oyi o‘rtalarida yangi virus paydo bo‘ldi. Xitoy Hukumati 31 dekabr kuni Jahon Sog‘liqni saqlash tashkilotini mamlakatda epidemiya boshlangani haqida ogohlantirdi.

Koronavirus bilan kasallanganlar hozircha Xitoydan tashqari 32 davlat – Yaponiya, Tailand, Singapur, Janubiy Koreya, Gonkong, Avstraliya, Tayvan, Makao, Malayziya, AQSH, Germaniya, Vetnam, Fransiya, Birlashgan Arab Amirliklari, Kanada, Filippin, Buyuk Britaniya, Rossiya, Italiya, Hindiston, Finlyandiya, Shvetsiya, Shri-Lanka, Kamboja, Nepal, Ispaniya, Belgiya, Livan, Misr, Eron, Isroil va Iroqda aniqlandi.

Virusdan bugungacha 2619 kishi halok bo‘ldi, 79 561 kishi u bilan kasallandi. JSST yangi koronavirusning dunyoga tarqalishi sababli Jamoat sog‘lig‘i uchun xalqaro xavotirga molik favqulodda vaziyat joriy qildi. Bu insoniyat sog‘lig‘i uchun jiddiy xavf tug‘ilganda e’lon qilinadigan rasmiy maqom hisoblanadi. JSST yangi koronavirusga rasman nom berdi va u COVID-2019 deb ataldi.

Koronavirus bugungacha qurbonlar soni bo‘yicha 2002 yildagi atipik pnevmoniya (SARS) va 2012 yildan beri Yaqin Sharq respirator sindromini (MERS-CoV) ortda qoldirdi. SARS`dan 8096 nafar odam kasallangan, shulardan 774 nafari (o‘lim darajasi 9,6 foiz) halok bo‘lgan. MERS-CoV virusidan 2494 nafar odam kasallanib, ularning 858 (o‘lim darajasi 34,4 foiz) nafari qurbon bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Xitoy virus

Baholaganlar

65

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing