“Lokomotiv” O‘zbekiston Superkubogi sohibi bo‘ldi
Sport
−
23 fevral 2019
3517Bugun, 23 fevral kuni Toshkentdagi “Paxtakor” stadionida O‘zbekiston Cuperkubogi-2019 o‘yini bo‘lib o‘tdi.
“Lokomotiv” – AGMK o‘rtasidagi bahsda “temiryo‘lchilar” 2-1 hisobda g‘alaba qozondi.
Hisob o‘yinning 14-daqiqasida Temurxo‘ja Abduholiqov tomonidan ochildi. 74-daqiqada Yovan Jokich oradagi farqni ikkitaga yetkazdi.
Oradan uch daqiqa o‘tib, olmaliqliklar oradagi farqni qisqartirdi. Zafar Polvonov boshi bilan to‘pni darvozaga joylab qo‘ydi. O‘yinning qolgan vaqtida hisob o‘zgarmadi.
Shu tariqa “Lokomotiv” ikkinchi marta Superkubokni qo‘lga kiritdi. Bundan avval “temiryo‘lchilar” 2015 yilda “Paxtakor”dan 4-0 hisobda ustun kelgandi.
LiveBarchasi