Lochin yo‘lagidagi vaziyat ko‘p oylik harakatsizlik oqibati – Rossiya TIV

Olam

image

Ozarbayjon tomonidan Lochin yo‘lagida nazorat-o‘tkazish punkti o‘rnatilgani, Armaniston esa Rossiyani vaziyatga aralashishga chaqirganidan so‘ng Rossiya Tashqi ishlar vazirligi rasmiy bayonot berdi. Hujjat vazirlik saytida e’lon qilindi.

Unda rasmiy Moskva (tan olinmagan) Tog‘li Qorabog‘dagi Rossiya tinchlikparvar kontingenti mas’uliyati zonasidagi, Armaniston-Ozarbayjon qo‘shilish chizig‘idagi, shuningdek, Baku va Yerevan o‘rtasidagi vaziyatdan jiddiy xavotir bildirgan.

Bayonotda o‘t ochishni to‘xtatish rejimini buzish va har ikki tomondan muntazam ravishda qurbon bo‘lishiga olib keladigan turli hodisalar soni ortib borayotgani qayd etilgan. 

“23 apreldagi voqealarning so‘nggi rivojlanishi kontekstida biz Rossiya, Ozarbayjon va Armaniston rahbarlarining 2020 yil 9 noyabrdagi uch tomonlama bayonotining asosiy qoidalarini buzuvchi har qanday bir tomonlama qadamlar qabul qilinishi mumkin emasligini alohida ta’kidlaymiz”, deyiladi TIV xabarida.

Rossiya tomonlarni zudlik bilan mavjud kelishuvlarga qaytishga chaqirgan. TIV har qanday holatda ham mahalliy aholi jabr ko‘rmasligi, ularning yashashiga hech qanday to‘siqlar bo‘lmasligi kerak degan fikrda ekanini bildirgan.

“Bizning fikrimizcha, yuzaga kelgan ko‘plab muammolar ko‘p oylik harakatsizlik natijasidir. Shuningdek,  Rossiya, Ozarbayjon va Armaniston rahbarlari o‘rtasidagi uch tomonlama kelishuvlarning asosiy yo‘nalishlari, jumladan, transport blokirovkasini olib tashlash, mintaqadagi kommunikatsiyalar, Armaniston-Ozarbayjon chegarasini delimitatsiya qilish jarayonini boshlash hamda Ozarbayjon va Armaniston o‘rtasidagi tinchlik shartnomasi parametrlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha progress yo‘qligi ham bunga sabab bo‘lgan. Umid qilamizki, Baku va Yerevan siyosiy iroda ko‘rsatib, yaqin kelajakda bu salbiy tendensiyani bartaraf eta oladi”, deyilgan bayonotda.

Rossiya tomoni Ozarbayjon va Armanistonga ham siyosiy darajada, ham Rossiya tinchlikparvar kontingenti qo‘mondonligi ishtirokida barcha zarur yordamni ko‘rsatishga tayyor ekani aytilgan.

Shuningdek, Rossiya G‘arb o‘yinchilari va ularning opportunistik kun tartibi ustida ishlayotgan mahalliy rusofobik kuchlarni vaziyatni keskinlashtirishga harakat qilish, shu jumladan, Rossiyaga qarshi qoralovchi kampaniyadan ogohlantirgan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Lochin yo‘lagiga Ozarbayjon tomonidan nazorat-o‘tkazish punkti o‘rnatilishi ortidan Armaniston Tashqi ishlar vazirligi Rossiyani vaziyatga aralashishga chaqirgandi. Bu orada AQSH Yerevan va Bakuga muzokaralarni davom ettirishda yordam berishga tayyor ekanini bildirgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Ozarbayjon Armaniston Lochin yo'lagi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing