Liviyada 2 yarim tonna uran o‘g‘irlandi. BMT yadroviy nazoratni yo‘qotdimi?
Olam
−
16 mart 2023
5233BMTga qarashli Yadroviy Nazorat Tashkiloti Liviyadagi urushdan vayron bo‘lgan hududda saqlanadigan 2,5 tonna tabiiy uran yo‘qolganini ma’lum qildi. Bu haqda “Associated Press” nashri xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, uranning yo‘qolishi xavfsizlik va yadroviy qurollarning tarqalishi bilan bog‘liq xavotirlarni yanada kuchaytiradi.
Manbaga ko‘ra, tabiiy uranni energiya ishlab chiqarish yoki bomba yoqilg‘isi uchun darhol ishlatib bo‘lmaydi, chunki boyitish jarayoni odatda metallni gazga, keyin esa kerakli darajaga erishish uchun sentrifugalarga aylantirishni talab qiladi.
Biroq bir tonna tabiiy uran, agar texnologik vositalar va resurslarga ega bo‘lgan guruh tomonidan qo‘lga kiritilsa, vaqt o‘tishi bilan har xil qurollarga mo‘ljallangan materialga aylanishi mumkin.
Javohir Qadamov
LiveBarchasi