Liviya urushi. Sarroj kuchlari Xalifa Haftar qo‘shinini Tunis chegarasigacha quvib chiqardi

Olam

image

Foiz Sarrojga tegishli Milliy kelishuv hukumati (MKH) kuchlari marshal Xalifa Xaftar rahbarligidagi Liviya milliy armiyasi (LMA) jangchilarini Tripolidan 80 km g‘arbda joylashgan Al-Ajaylat shahridan quvib chiqardi. “Al Jazeera” telekanali xabariga ko‘ra, bu MKH kuchlari tomonidan (Surman va Sabrata shaharlaridan keyin) egallab olingan strategik uchinchi shahar hisoblanadi.

Kanalda ta’kidlaganishicha, ushbu aholi punktlari qo‘lga kiritilganidan so‘ng, MKH kuchlari Tripolining O‘rta er dengizi bo‘yidan Tunis chegarasigacha bo‘lgan qismini to‘liq nazorat qiladi.

Ma’lumot o‘rnida, Liviyada 2011 yil Muammar Qazzofiy hokimiyatdan ag‘darilib, o‘zi o‘ldirildi. Shundan so‘ng, mamlakatda siyosiy inqiroz boshlandi. Liviyada hozirgacha qo‘shhokimiyatchilik hukm suradi. Amalda esa davlatchilik yo‘q.

Sharqda saylangan parlament o‘z hokimiyatini o‘rnatgan bo‘lsa, Tripoli va mamlakat g‘arbini BMT hamda Yevropa Ittifoqi ko‘magida shakllantirilgan Foiz Sarroj boshliq Milliy kelishuv hukumati boshqaradi.

Sharqdagi hukmron doiralar rasmiy Tripolidan mustaqil va LMA qo‘mondoni Xalifa Haftar bilan hamkorlik qiladi. Haftar kuchlari 2019 yilning aprelida poytaxt Tripolini egallash uchun harbiy harakatlarni boshlagandi.


Maqola muallifi

Teglar

Liviya

Baholaganlar

127

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing