Liviya tarixidagi eng katta havo amaliyoti boshlandi
Olam
−
22 may 2020
6568Liviyada muxolif Xalifa Xaftar kuchlari eng katta havo amaliyotini boshladi.
Liviya milliy armiyasi (LMA) feldmarshali Xalifa Xaftar Tripolining janubida ikki turk uchuvchisiz qurilmasi uchirilganini e’lon qildi.
LMA Harbiy-havo kuchlari qo‘mondoni Sakr al-Jarushiy armiya mamlakat tarixidagi eng katta havo operatsiyasini tayyorlayotganligi haqida ogohlantirgan edi.
"Barcha bosib olingan shaharlarda Turkiya ob’ektlari va manfaatlari Liviya armiyasi samolyotlari uchun qonuniy nishondir", dedi Xaftar.
Shuningdek, u mahalliy aholini hujum qilinadigan ob’ektlardan uzoq turishga chaqirdi.
Ma’lumot o‘rnida, Muammar Qazzofiy 2011 yilda o‘ldirilganidan keyin Liviya yagona davlat maqomini yo‘qotdi. Bugunga qadar mamlakatda qo‘shhokimiyatchilik mavjud. Sharqda parlament boshqaruvi, poytaxt Tripolida BMT va Yevropa Ittifoqi ko‘magida shakllantirilgan Fazi Sarroj boshchiligidagi Milliy birdamlik hukumati boshqaruvni amalga oshiradi.
Mamlakat sharqidagi hokimiyat vakillari Tripolidan mustaqil faoliyat olib boradi va Xalifa Haftar bilan hamkorlik qiladi. Eslatib o‘tish joizki, Xalifa Haftar 2019 yil aprel oyidan beri Tripolini egallashga harakat qilyapti.
LiveBarchasi