“Liverpul” jiddiy jarohat olgan Elliotning ahvoli haqida ma’lumot berdi

Sport

image

“Liverpul” Angliya Premer ligasining 4-turida “Lids”ga qarshi o‘yinda jiddiy jarohat olgan yarim himoyachi Xarvi Elliotning holatiga izoh berdi.

Ma’lum qilinishicha, yaqin kunlarda Elliot operatsiya qilinadi. 

“Xarvi, uning oilasi va “Liverpul” jamoasi vakillari tibbiy yordam xodimlari va “Lids” shifoxonasining barcha xodimlariga ko‘rsatilgan yordam va davolanish uchun o‘z minnatdorligini bildiradi”, deyiladi klub rasmiy saytida.

Eslatib o‘tamiz, uchrashuvning 59-daqiqasida “Lids Yunayted” himoyachisi Paskal Streyk maydon markazida Elliotga nisbatan qo‘pollik ishlatdi. Ushbu vaziyatda futbolchi to‘pig‘idan jiddiy jarohat oldi va maydondan olib ketildi. Bosh hakam Kreyg Pouson VAR orqali vaziyatni tomosha qilib, mezbonlar himoyachisini maydondan chetlatdi.


Maqola muallifi

Teglar

Liverpul' Lids Xarvi Elliot

Baholaganlar

89

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing