“Liverpul” Vinisiusni tekinga olish imkoniyatlarini o‘rganmoqda
Sport
−
11:25 752 1 daqiqa
“Liverpul” braziliyalik hujumchi Vinisius Juniorni 2027 yilning yozida, ya’ni uning “Real Madrid” bilan shartnomasi yakuniga yetgach, erkin agent sifatida o‘z safiga qo‘shib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda “Actu Foot” xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, braziliyalik futbolchi uchun kurashga PSJ va “Bavariya” ham qo‘shilishi mumkin. Vinisiusning o‘zi faoliyatini “Real Madrid”da davom ettirishni istamoqda, ammo tomonlar hozircha yangi shartnoma bo‘yicha kelishuvga erisha olmagan.
Ma’lumot uchun, Vinisius 2018 yil yozidan buyon “Real Madrid” sharafini himoya qilib kelmoqda. O‘tgan mavsumda u barcha musobaqalarda 53 ta uchrashuvda maydonga tushib, 22 ta gol urdi va 14 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
“Transfermarkt” ma’lumotlariga ko‘ra, 25 yoshli futbolchining bozor qiymati 140 million yevroni tashkil etadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Vinisius Junior jag‘ini operatsiya qildirganligi haqida xabar berilgandi.
Live
Barchasi