“Liverpul” tarixda ilk bor o‘z mezbonligida o‘tkazilgan besh o‘yinda mag‘lub bo‘ldi
Sport
−
05 mart 2021
3149"Liverpul" klubi tarixda birinchi marta o‘z uy stadioni "Enfild"da besh marotaba ketma-ket mag‘lubiyatga uchradi.
Kecha, 4 mart kuni Angliya premer-ligasining 29-turi doirasida Yurgen Klopp shogirdlari Londonning "Chelsi"siga minimal hisobda (0:1) yutqazdi.
Shuningdek, jamoa "Byornli" (0:1), "Brayton" (0:1), "Manchester Siti" (1:4) va "Everton" (0:2) jamoalariga qarshi o‘yinlarda ham ketma-ket mag‘lubiyatga uchragan.
Yana shunisi ham diqqatga sazovorki, "Liverpul" Angliyaning ketma-ket beshta uchrashuvida mag‘lubiyatga uchragan birinchi amaldagi chempion bo‘ldi.
LiveBarchasi