“Liverpul” Saloh borasida bir qarorga keldi

Sport

image

“Liverpul” hujumchisi Muhammad Saloh ingliz klubi bilan yangi shartnoma imzolashi mumkin. Bu haqda futbol jurnalisti Ekrem Konur o‘z X sahifasida ma’lum qildi.

Manbaga ko‘ra, “Liverpul” Saloh bilan shartnomani 2027 yilning yoziga qadar uzaytirishdan manfaatdor.

Misrlik futbolchi 2017 yilda “Roma”dan “Liverpul”ga o‘tgan edi. Joriy mavsumda Saloh inglizlar jamoasi safida barcha turnirlarda 26 ta o‘yin o‘tkazib, 16 ta gol va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi. “Transfermarkt” internet portaliga ko‘ra, 31 yoshli futbolchining bozor qiymati 65 million yevroni tashkil etadi.

Ayni damda “mersisaydliklar” Angliya chempionati turnir jadvalida 1-o‘rinni egallab turibdi. “Liverpul” navbatdagi o‘yinini 1 yanvar kuni o‘tkazadi. Klopp shogirdlari APLning 20-turi doirasida o‘z maydonida “Nyukasl” bilan to‘qnash keladi.


Maqola muallifi

Teglar

Liverpul' Muhammad Saloh

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing