“Liverpul” PSJ yetakchisini sotib olmoqchi

Sport

image

“Liverpul” klubi yozgi transferda PSJ hujumchisi Neymar da Silva Santos Juniorni sotib olish taklifi bilan klubga murojaat qildi. Bu haqda “Chempionat” nashri xabar berdi

Xabarga ko‘ra, “Liverpul” yozgi transferda braziliyalik hujumchini 80-90 mln yevro evaziga sotib olishni taklif qilgan. Shuningdek, PSJ hujumchisini “Manchester Siti”, “Manchester Yunayted” va “Nyukasl” klublari ham o‘z jamoasi safida ko‘rishni xohlaydi. Ammo qayd etilishicha, katta ehtimol bilan Angliya chempionatining top klublari ushbu transferni yuqori moliyaviy xarajatlari tufayli amalga oshira olmaydi.

Ta’kidlash joizki, Neymar 2017 yildan beri PSJ klubi safida o‘ynab kelmoqda. Futbolchining klub bilan shartnomasi 2025 yilgacha mo‘ljallangan.

Ma’lumot uchun, 31 yoshli Neymar joriy mavsumda Parij klubi safida barcha turnirlarda 29 ta o‘yinda maydonga tushib, 18 ta gol va 17 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Mushtariy G‘aniyeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing