“Liverpul” Nunes uchun rekord miqdordagi pul taklif qildi

Sport

image

Angliyaning “Liverpul” jamoasi “Benfika” hujumchisi Darvin Nunes uchun rekord miqdordagi pulni to‘lashga tayyor. Bu haqda “Record” nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, ingliz klubi 22 yoshli futbolchi uchun 100 million yevro taklif qilgan. Agar “Benfika” rozi bo‘lsa, urugvaylik hujumchi “Liverpul” tarixidagi eng yirik transfer bo‘ladi. Bungacha “qizillar” hech qaysi futbolchiga bunday katta miqdordagi pul taklif qilmagan. Nunesni xarid qilishni “Liverpul” bosh murabbiyi Yurgen Klopp istamoqda. Sababi urugvaylik hujumchi Kloppda iliq taassurot qoldirgan.

Qayd etish joizki, Nunes “Benfika” rahbariyatiga "Liverpul"ga o‘tishni istayotganini allaqachon ma’lum qilgan.

Ma’lumot o‘rnida, Nunmyes o‘tgan mavsumda "Benfika" safida 41 o‘yinda maydonga tushib, 34 ta gol urdi va 4 ta golga assistentlik qildi.

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

97

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing