“Liverpul”ning asosiy o‘yinchisi safdan chiqdi
Sport
−
03 Oktabr 1958 2 daqiqa
Angliyaning “Liverpul” jamoasi darvozaboni Alisson Bekerning Chempionlar ligasida olgan jarohati jiddiy bo‘lib chiqdi. Braziliya terma jamoasining 1-raqamli darvozaboni jarohati sabab 6 hafta maydonga tusha olmaydi. Bu haqda “Daily Mail” nashri xabar berdi.
33 yoshli futbolchi 1 oktyabrga o‘tar kechasi Istanbulning “Galatasaray” jamoasi bilan bo‘lgan bahsda jarohat olib, maydonni tark etadi. 2 oktyabr kuni o‘tkazilgan tekshiruvdan so‘ng Alisson xalqaro tanaffusdan keyin ham safga qaytmasligi mumkinligi ma’lum bo‘ldi.

Alissonning jarohati sabab “Liverpul” klubining navbatdagi o‘yinlarida “Valensiya”dan 29 million funtga xarid qilingan gruziyalik Giorgi Mamardashvili darvozani egallaydi.
Alisson 19 oktyabr kuni “Manchester Yunayted”ga qarshi uchrashuvni, shuningdek, 4 noyabr kuni “Enfild”da bo‘ladigan Chempionlar ligasi doirasidagi “Real Madrid”ga qarshi o‘yinni ham o‘tkazib yuboradi. Oradan besh kun o‘tib, jamoa “Manchester Siti”ga qarshi muhim bahsga chiqadi va bu o‘yinlarda ham Alisson ishtirok eta olmaydi.
So‘nggi ikki mavsum davomida u jarohat yoki kasallik sababli Premer-ligada 20 ta uchrashuvni o‘tkazib yuborgan. Shu bois klub rahbariyati Mamardashvili transferi orqali keyingi yillarga tayyorgarlikni boshlashni maqsad qilgan edi.
Ma’lumot uchun, ketma-ket ikki mag‘lubiyatdan so‘ng Arne Slot shogirdlarini “Stemford Bridj” stadionida “Chelsi” jamoasiga qarshi o‘yin kutib turibdi. Bu uchrashuv ertaga, 4 oktyabr kuni Toshkent vaqti bilan 21:30 bo‘lib o‘tadi.
Live
Barchasi