“Liverpul” italiyalik himoyachi uchun taklif tayyorlamoqda

Sport

image

Angliyaning “Liverpul” jamoasi Italiya terma jamoasi va “Inter” himoyachisi Alessandro Bastonini sotib olishni ustuvor vazifa deb hisoblamoqda. Klub Bastoni uchun 100 million yevro sarflashga tayyor. Bu haqda “Fichajes” nashri xabar beradi.

26 yoshli futbolchi dunyoning eng yaxshi himoyachilaridan biri sifatida e’tirof etilmoqda. “Liverpul” Bastonini o‘z tarkibiga qo‘shish orqali Premer-ligada mustahkam himoya qurishni maqsad qilgan. Bastoni, ayniqsa, mavsum oxirida erkin agent bo‘ladigan Ibraima Konatening o‘rnini to‘ldirish va Virjil van Deykning uzoq muddatli rejalari uchun ideal nomzod hisoblanadi.

Manbaga ko‘ra, Bastoni uchun boshqa yirik klublar, jumladan, “Bavariya” va “Real Madrid” tomoni ham qiziqish bildirgan. Shuningdek, “Chelsi” ham italiyalik futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishni maqsad qilgan jamoalar orasida bor.

“Liverpul” unga qiziqarli loyiha, muntazam o‘yin va aniq reja taqdim etishga tayyor. Futbolchining Angliyaga ko‘chib o‘tishi uning faoliyatida yangi bosqich bo‘lishi, yuqori saviyadagi musobaqalarda ishtirok etish va dunyoning eng yaxshi klublaridan birida o‘ynash imkonini beradi. Klub yaqin oylarda rasmiy futbolchi uchun Italiya klubiga rasmiy taklif bilan chiqishi kutilmoqda.

Ma’lumot uchun, hozirda Alessandro Bastoni “transfermarket” portalida  80 mln yevroga baholangan va ayni damdagi eng qimmat himoyachilardan biri bo‘lib turibdi.


Maqola muallifi

Teglar

“Liverpul'” “Inter” Alessandro Bastoni

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing