“Liverpul” APL tarixidagi eng yirik homiylik shartnomasini imzoladi

Sport

image

Turkish Airlines kompaniyasi 2027 yildan Angliyaning “Liverpul” klubi bosh homiysiga aylanadi va bu Angliya Premer-ligasi tarixidagi eng qimmat titul homiyligi kelishuviga aylanadi. Bu haqda “The Times” nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, tomonlar o‘rtasidagi hamkorlik 2027 yil 1 iyundan boshlanadi. Turkiya aviakompaniyasi 2027-2028 yilgi mavsumdan “Liverpul”ning erkaklar, ayollar va akademiya jamoalari libosining old qismida o‘z logotipini joylashtiradi. Shu tariqa 2010 yildan buyon klubning asosiy homiysi bo‘lib kelayotgan Standard Chartered o‘rnini Turkish Airlines egallaydi.

“The Times” ma’lumotiga ko‘ra, besh yillik shartnoma 300 million funtdan ortiq qiymatga ega bo‘lib, Angliya Premer-ligasi tarixidagi eng qimmat libos homiyligi kelishuviga aylanadi.

Standard Chartered esa 2027 yildan klubning global hamkori sifatida “Liverpul” bilan hamkorlikni davom ettiradi. Bank 2010 yilda klubning asosiy homiysiga aylangan va uning shartnomasi 2026-2027 yilgi mavsum oxiriga qadar amal qiladi.

Ma’lumot uchun, “Liverpul” Angliyaning 20 karra chempioni, olti karra Yevropa Chempionlar ligasi g‘olibi va to‘rt karra UEFA Superkubogi sohibi hisoblanadi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing