“Liverpul” hujumchisi “Monako”ga o‘tishga yaqin turibdi   

Sport

image

Yaponiya milliy terma jamoasi va “Liverpul” hujumchisi Takumi Minamino faoliyatini “Monako”da davom ettiradi. Bu haqda “Sky Sports” xabar berdi.   
   
Manbaga ko‘ra, monakoliklar yaponiyalik hujumchining transferi borasida “Liverpul” bilan kelishib olgan. “Monako” Minamino transferi uchun 18 million yevro to‘laydi. Hujumchining monakoliklar bilan shartnomasi 5 yilga mo‘ljallangan bo‘lishi kutilmoqda.   
   
Eslatib o‘tamiz, Minamino 2020 yilda “Liverpul”ga o‘tgan edi. 27 yoshli yaponiyalik hujumchi o‘tgan mavsumda Angliya Premer ligasida 11 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

29

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing