Livanga hujumlar davom etadi – Netanyaxu

Olam

image

Isroil Livanga zarba berishda davom etadi. Bu haqda Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu bugun, 26 sentyabr kuni Nyu-Yorkda BMT Bosh Assambleyasiga muhokamalari oldidan Isroil matbuotiga ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, Isroil Livandagi “Hizbulloh”ga qarshi hujumlarini davom ettiradi. Livanga qilingan hujumlar haqida gapirar ekan, Netanyaxu shunday dedi:

"Biz barcha maqsadlarimizga erishmagunimizcha “Hizbulloh”ga zarba berishda davom etamiz", degan Isroil hukumati rahbari.

Bosh vazirning qayd etishicha, bu maqsadlardan biri “Hizbulloh” bilan ziddiyat tufayli Isroil shimolida ko‘chirilganlarning uylariga qaytishi.

Isroil matbuoti Netanyaxuning AQSH va Fransiya tashabbusi bilan Livanda uch haftalik vaqtinchalik otashkesim uchun muzokaralarga ruxsat berganini va bu maqsad uchun vazir tayinlaganini da’vo qildi. Bu bayonotdan so‘ng koalitsiyaning ko‘plab a’zolari, jumladan Netanyaxuning partiyasi ham munosabat bildirdi. Bu reaksiya ortidan Bosh vazir matbuot xizmati yozma bayonot e’lon qilib, Netanyaxuning Livanda vaqtinchalik o‘t ochishni to‘xtatish masalasini muhokama qilishga rozi bo‘lgani haqidagi ma’lumotni rad etdi.

Ma’lumot uchun, Isroil va “Hizbulloh” orasidagi ziddiyatning yangi bosqichi Livanda 17 va 18 sentyabr kunlari bir qator aloqa qurilmalari portlashidan so‘ng boshlandi. Livan harakati portlashlarni uyushtirganlikda Isroilni aybladi, uning rasmiylari voqea haqida to‘g‘ridan-to‘g‘ri izoh bermadi, biroq shimoliy yo‘nalishda harbiy amaliyotlar faollashganini e’lon qildi.

Shundan so‘ng Isroil harbiy-havo kuchlari Livan janubidagi chegara hududlariga katta zarbalar berishni boshladi va 20 sentyabr kuni Bayrutga hujum qilib, u yerdagi “Hizbulloh” harbiy qanotining 16 nafar qo‘mondoni yo‘q qilindi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Isroil mudofaa kuchlari Livanning “Hizbulloh” guruhiga qarshi quruqlikdagi operatsiyani tayyorlayotgani xabar qilingandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Isroil Livan Bin'yamin Netan'yaxu

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made