Livanda vabo kasalligi aniqlangan bemorlar soni ortmoqda
Olam
−
02 noyabr 2022
3900Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining xabar berishicha, Livanda vabo kasalligi aniqlangan bemorlar soni ortmoqda. Xususan, 5 oktyabrdan beri vabo bilan kasallangan bemorlardan 17 nafari vafot etgan.
"Livan davlatida epidemiologik vaziyat yanada murakkablashgan. Bu yerda vaboga chalinganlar soni kun sayin ortmoqda. 5 oktyabrdan buyon mamlakatda vabo kasalligi bilan gumonlangan 1,4 mingdan ortiq kishi tegishli tibbiy tekshiruvlardan o‘tkazilgan. Natijada ulardan 400 nafarga yaqinida vabo tasdiqlangan. Shuningdek, bemorlardan 17 nafari kasallik oqibatida vafot etgan"-deydi, JSSTning navbatdagi bayonotida.
Ayni paytda xalqaro mutaxassislar epidemiya boshqa mamlakatlarda ham keng tarqalishidan jiddiy xavotirda. Chunki, joriy yilning sentyabr oyida Livanga qo‘shni davlat Suriyada ham vabo bilan kasallangan bemorlar ro‘yxatga olingan.
Ma’lum qilinishicha, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti epidemiyani jilovlash maqsadida Livanga 600 ming doza vaboga qarshi vaksinalar partiyasini yuborishga qaror qilgan.
Shahboz Abdusattorov
LiveBarchasi