Livanda BMT askarlari hujumga uchradi. Qurbon bor
Olam
−
18 aprel 3839 1 daqiqa
Livan janubida BMTning Muvaqqat kuchlari (UNIFIL) patruli hujumga uchradi, oqibatda bir nafar askar og‘ir jarohatlar tufayli halok bo‘ldi, yana uch kishi tan jarohati oldi. Bu haqda missiya qo‘mondonligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, voqea Ganduriya aholi punkti yaqinida sodir bo‘lgan. U yerda patrul minalardan tozalash va missiya pozitsiyalari o‘rtasidagi aloqani tiklash ishlarini olib borayotgan bo‘lgan. Noma’lum shaxslar patrulga qarata o‘t ochgan. Oqibatda bir nafar tinchlikparvar halok bo‘lgan, yana uch nafari yaralangan. Jarohatlanganlardan ikki nafarining ahvoli og‘ir ekani aytilmoqda.
“UNIFIL tinchlikparvarlik missiyasi ushbu fojiali hodisa holatlarini aniqlash maqsadida tergov boshladi. Dastlabki baholashlar shuni ko‘rsatmoqdaki, o‘q uzish nodavlat sub’ektlar tomonidan amalga oshirilgan”, deyiladi bayonotda.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 17 aprel kuni AQSH Prezidenti Donald Tramp Isroil va Livan o‘rtasida o‘n kunlik “sukut rejimi” joriy etilganini e’lon qilgan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, u shaxsan erishilgan kelishuv kafili sifatida chiqish qilgan va Isroilga Livan aholi punktlariga zarba berishni taqiqlagan. Sulh o‘tgan kechadan boshlandi, biroq har ikki tomon allaqachon bir-birini o‘t ochishni to‘xtatish rejimini buzishda ayblashga ulgurdi.
Live
Barchasi