Livan va Isroil bir-birini sulhni buzganlikda aybladi
Olam
−
03 dekabr
1452Livandagi “Hizbulloh” harakati kecha, 2 dekabr kuni Isroil armiyasi pozitsiyalariga o‘zini-o‘zi mudofaa qilish uchun zarba berganini ma’lum qildi. Bu haqda “The Times of Israel” xabar berdi.
Unda aytilishicha, Isroil Livanga havo hujumlari va o‘q uzish orqali o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvini buzmoqda. Isroil harbiylariga ko‘ra, “Hizbulloh”dan ikkita raketa uchirilgan, biroq qurbonlar yo‘q.
Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu zarbaga “qat’iy javob” berilishini va’da qildi. Avvalroq Livan rasmiylari Isroil qo‘shinlari bir necha aholi punktlarini o‘qqa tutgani, oqibatda kamida ikki kishi halok bo‘lgani haqida xabar bergan edi.
Isroil Mudofaa kuchlarining da’vo qilishicha, harbiy mashinalarga “Hizbulloh” harbiy infratuzilmasi yaqinida, Beka vodiysi va Suriya bilan chegara yaqinida hujum qilingan. Isroil harbiylari hujumlardan birida livanlik askar yaralanganini tan oldi va voqea sharoiti o‘rganilayotganini bildirdi. Livan parlamenti spikeri Nabih Berrining aytishicha, Bayrut hozirgacha Isroil tomonidan kamida 54 ta qoidabuzarlikni qayd etgan. Ayni paytda Isroil Tashqi ishlar vaziri Gideon Saar mamlakati o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvini buzgani haqidagi xabarlarni rad etib, Litani daryosidan janubga qurol va kuchlarni olib o‘tishda “Hizbulloh”ni aybladi.
30 noyabr kuni Isroil Harbiy-havo kuchlari Suriyadan Livanga qurol olib o‘tishda faol foydalanilgani taxmin qilinayotgan Suriya va Livan o‘rtasidagi chegara o‘tish joylariga tutashgan “Hizbulloh” harbiy infratuzilma ob’ektlariga “razvedka zarbasi” bergan haqida xabar bergan edi.
Ma’lumot uchun, Isroil va “Hizbulloh” 27 noyabr kuni Livanda o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishgan edi. Shartnoma shartlariga ko‘ra, Isroil qo‘shinlari yaqin 60 kun ichida Livan hududini tark etadi. AQSH va Fransiya, xususan, sulhning to‘liq bajarilishini ta’minlash uchun harakat qilmoqda. Isroil Bosh vaziri Netanyaxuning ta’kidlashicha, Isroil o‘z xavfsizligiga tahdid soladigan har qanday tahdidga qarshi harakat qilish huquqini va “Hizbulloh” bilan o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvni “qo‘llash erkinligini” saqlab qoladi. Kelishuv davomida Netanyaxu, shuningdek, agar “Hizbulloh” qurollansa yoki chegara yaqinidagi infratuzilmasini tiklasa, Isroil Livandagi janglarni qayta boshlashiga va’da bergan.
LiveBarchasi
Dollar kursi biroz pastladi.
04 dekabr