Livakovich “Barselona” futbolchisi – Romano
Sport
−
17:50 344 1 daqiqa
“Barselona” Xorvatiya terma jamoasi darvozaboni Dominik Livakovich transferi bo‘yicha “Fenerbahche” bilan kelishuvga erishdi. Bu haqda insayder Fabritsio Romano ma’lum qildi.
Romanoning xabar berishicha, kataloniyaliklar “Fenerbahche” futbolchisi Dominik Livakovichning transferi bo‘yicha shaxsiy kelishuvga erishgan. Turkiya klubi transfer uchun 2 million yevro oladi. Bonuslarni hisobga olganda, kelishuvning umumiy qiymati 4 million yevrogacha yetishi mumkin.
Shuningdek, Livakovich 2026-2027 yilgi mavsumni boshqa klubda ijara asosida o‘tkazishi, 2027 yilda esa Voysex Shchensni “Barselona”dan ketganidan so‘ng Hansi Flik jamoasiga ikkinchi raqamli darvozabon sifatida qo‘shilishi aytilmoqda.
Ma’lumot uchun, Dominik Livakovich Xorvatiya terma jamoasining asosiy darvozaboni hisoblanadi. Uning terma jamoadagi faoliyatida eng yorqin musobaqa 2022 yilgi Jahon chempionati bo‘lgan. Livakovich turnirda 7 ta uchrashuvda ishtirok etib, Xorvatiyaning yarim finalgacha yetib borishiga katta hissa qo‘shgan va terma jamoasi bilan bronza medallarni qo‘lga kiritgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Barselona” jamoasi o‘zining sobiq darvozaboni Mark-Andre ter Shtegenni Amsterdamning “Ayaks” klubiga bir mavsum ijaraga bergandi.
Live
Barchasi