Madaniyat vazirligi Kirkorovning konsertidagi “yalong‘och”larga munosabat bildirdi

Musiqa

image

Joriy yilning 18 dekabr kuni poytaxt Toshkentda joylashgan “Humo Arena” muz saroyida rossiyalik taniqli xonanda Filipp Kirkorovning konsert dasturi bo‘lib o‘tdi. Mazkur konsert dasturi, undagi raqqosalar guruhi liboslari ijtimoiy tarmoqlarda ko‘plab bahs-munozaralarga sabab bo‘lmoqda va fikr bildiruvchilarning asosiy qismi O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligini ayblamoqda. Mazkur e’tirozlarga nisbatan Madaniyat vazirligi bayonot bilan chiqdi. Unda shunday deyiladi:

“Ijtimoiy tarmoqlarda Filipp Kirkorovning konsert dasturidagi raqqos va raqqosalarning kiyinish madaniyatiga e’tirozlar kuchayib bormoqda. “Madaniyat vazirligi qayerga qarayapti?”, “Madaniyat vazirligi bunga qanday ruxsat berdi?” qabilidagi savollar tarqaldi.

•  “Madaniyat vazirligi tizimidagi “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi ushbu konsert ssenariysi va qo‘shiqlar mazmuni bilan tanishib chiqqan va e’tiroz bildirmagan;
•  xususiy tadbirkorlar konsert dasturlarini tashkil etishda, yurtimizga gastrol safarlari bilan tashrif buyuradigan san’atkorlarga kiyinish madaniyati to‘g‘risidagi tushunchani ham berib o‘tishlari lozim, deb o‘ylaymiz;
•  ushbu konsertdan xulosa qilgan xususiy tadbirkorlar endilikda ushbu jarayon takrorlanishining oldini oladi, degan umiddamiz.

Yuqoridagilarni e’tiborga olgan holda, xalqimizning madaniyati, ma’naviyati va mentalitetimizni inobatga olib, “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi bundan keyin har bir konsert dasturidagi kiyinish madaniyatiga ahamiyat berishini bildiramiz”.


Maqola muallifi

Teglar

Madaniyat vazirligi Filipp Kirkorov

Baholaganlar

1061

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing