Litva BelAES yuzasidan Belarusga nota yubordi

Olam

image

Bugun, 11 noyabr kuni Litva Belarus Tashqi ishlar vazirligiga mamlakat poytaxti Vilnyusdan 50 km uzoqlikda qurilgan atom elektr stansiyasini (BelAES) ishga tushirish paytida yuz bergan hodisa to‘g‘risida rasmiy ma’lumot berishini talab qilib nota yubordi. Bu haqda Boltiqbo‘yi respublikasi Tashqi ishlar vazirligi ma’lum qildi.

“Nafakat Litva, balki butun dunyo hamjamiyati BelAESdagi haqiqiy vaziyat to‘g‘risida rasmiy, dalillarga asoslangan ma’lumotlarga ega bo‘lishi kerak”, deyiladi hujjatda.

OAVda yakshanba kuni Belarus atom elektr stansiyasini ishga tushirish paytida, kuchlanish sabab transformatorlarda yong‘in sodir bo‘lganligi to‘g‘risida xabarlar tarqalishi ortidan rasmiy Vilnyus Minskdan ma’lumot berishini so‘ragan.

Eslatib o‘tamiz, 7 noyabr kuni Belarusning amaldagi Prezidenti Aleksandr Lukashenko mamlakatdagi birinchi atom elektr stansiyasining ochilish marosimida qatnashib, mamlakatni yadroviy davlat deb e’lon qilgan edi

Biroq, ishga tushganidan so‘ng bir kun o‘tar-o‘tmas BelAESning faoliyati to‘xtatildi. Belarus Energetika vazirligi BelAESning faoliyati to‘xtatilishiga bir nechta elektrotexnik moslamalarni almashtirish kerakligini sabab qilib keltirgan.

Farruxjon Murodqulov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

BelAES

Baholaganlar

141

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar