Litseylarda o‘qish qanday shaklda boshlanishi ma’lum bo‘ldi

Jamiyat

image

Akademik litseylarda ta’lim jarayonlari 2 kurs o‘quvchilari uchun yangi o‘quv yilidan masovafiy tarzda boshlanadi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Matbuot kotibi Farhod Babashev ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘qishni boshlash bo‘yicha O‘zbekistonga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasining qarori qabul qilingan.

Qayd etilishicha, 2020/2021 o‘quv yili uchun saralash imtihonlarini joriy yilning 7 sentyabridan 15 sentyabriga qadar bo‘lgan muddatlarda o‘tkazish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasiga taklif kiritilgan.


Maqola muallifi

Teglar

litsey

Baholaganlar

543

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing