Lionel Messi yana bir rekordni qayd etdi

Sport

image

Barselona klubi sardori Lionel Messi YeCHL doirasidagi “Lion” ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng, jamoaning sobiq yarim himoyachisi Xavi Ernandes tomonidan jamoa safida eng ko‘p g‘alaba qozonish bo‘yicha o‘rnatilagan rekordni yangilagan edi.

Kecha kataloniyaliklar Leoning xet triki evaziga Sevilyada mahalliy Betis jamoasini yirik 1:4 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Bu g‘alaba Messini jamoa tarixida eng ko‘p g‘alabaga erishgan yagona futbolchiga aylantirdi.

Lionel Messi shu paytgacha Barselona safida 674ta o‘yinda maydonga tushib, shulardan 477 ta bahsni g‘alaba bilan yakunlagan. Xavi esa, “ko‘k-anorranlilar” libosida 476 marta g‘olib sifatida maydonni tark etgan.

Shuningdek, argentinalik forvard eng ko‘p o‘yinlarda qatnashish bo‘yicha jamoaning yana bir sobiq a’zosi Andres Inestaga yetib oldi. Bu borada mutlaq rekordchi hozircha Xavi hisoblanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Barselona Lionel Messi

Baholaganlar

58

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing