Limanda 5 nafar bolaning jasadi topildi
Olam
−
18 Oktabr 2022
5676Tan olinmagan Donetsk xalq respublikasining Ukraina tomonidan ozod qilingan Liman shahrida Rossiya o‘qqa tutishi oqibatida halok bo‘lgan besh nafar bolaning jasadi topildi. Bu haqda Ukraina Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, militsiya xodimlari 2021, 2019 va 2008 yillarda tug‘ilgan qizlar hamda 2011 va 2012 yillarda tug‘ilgan o‘g‘il bolalarning jasadlarini topgan. Ulardan eng kichigi ikkita qiz bola opa-singillardir. Sud-tibbiy ekspertizadan so‘ng bolalar qayta dafn etiladi.
“Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiyaning o‘qqa tutishi oqibatida hamma shrapnel jarohatlaridan halok bo‘lgan”, deyiladi vazirlik xabarida.
Mahalliy hokimiyat ma’lumotlariga ko‘ra, Donetskdagi Liman va Svyatogorsk shaharlarining bosib olingan hududlaridagi fuqarolik va muhim infratuzilma ob’ektlarining faqat beshdan bir qismi omon qolgan.
17 oktyabr holatiga ko‘ra, Donetskning ozod qilingan hududlarida 43 ta ommaviy qabriston aniqlangan.
18 oktyabr ertalabki holatga ko‘ra, Kramatorsk viloyatida Ukraina Qurolli kuchlarining jami 35 nafar harbiy xizmatchisi va 131 nafar tinch aholi vakillari eksgumatsiya (murdani ko‘zdan kechirish va ekspertiza o‘tkazish zaruriyati tug‘ilganda uni dafn etilgan joyidan qazib olish – tahr.) qilingan.
Hozirda halok bo‘lganlarning shaxsini aniqlash va ularning o‘limi sabablarini aniqlash bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.
LiveBarchasi