Liftda qamalib qolganlarning holi ne kechdi?
Jamiyat
−
25 yanvar 2022 10612 1 daqiqa
Ko‘p qavatli uylarning liftlarida elektr energiyasi uzilishi oqibatida qolib ketgan o‘ndan ortiq fuqarolar qutqarildi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, elektr energiyasi tarmoqlarida yuzaga kelgan uzulishlar sabab ko‘p kvartirali uylardagi liftlar to‘xtab qolgan. FVV qutqaruvchilari tomonidan hozirgacha 10 dan ortiq fuqarolar liftdan chiqarib olingan.
“Ayni vaqtda FVV qutqaruvchilari joylarda zaruriy tadbirlarni amalga oshirmoqda”, deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, ayni paytda elektr ta’minot tiklanmagan, chorrahalarda tirbandliklar saqlanib turibdi, suv ta’minotida ham uzilishlar kuzatilyapti. Toshkent ayeroporti reyslar qabul qilishni to‘xtatgan.
O‘zbekiston Energetika vazirligi ushbu holatga Qozog‘istondagi energotizimda ro‘y bergan nosozlikni sabab qilib keltirgan.
Live
Barchasi