Levandovskining “Barsa”ga o‘tishi “Real” uchun foydali bo‘ladi – Peres 

Sport

image

Ispaniyaning “Real Madrid” jamoasi prezidenti Florentino Peres “Bavariya” klubi hujumchisi Robert Levandovskining “Barselona”ga o‘tishi La liga uchun faoydali bo‘lishini ma’lum qilgan. Bu haqda Peresning so‘zlariga tayanib, “Sport” nashri xabar berdi

"Men “Barselona” sport direktori emasman. Jamoaga kimni olib kelish-kelmaslikni ularning o‘zlari hal qilishadi. Lekin “Barsa”da Levandovskini qo‘lga kiritish uchun ajoyib imkoniyat bor. Ha, Robertning “Bavariya” bilan shartnomasi mavjud. Biroq Levandovski nemis klubidan ketishni istamoqda. Shunday ekan nima uchun uni sotib olmaslik kerak? Albatta, Levandovski juda yaxshi saviyadagi hujumchi hisoblanadi. Uning “Brasa”ga o‘tishi “Real Madrid” uchun ham foydali bo‘ladi va o‘rtadagi raqobat yanada kuchayadi” degan “los blankos” prezidenti.

Avvalroq, “Bavariya” rahbariyati “ko‘k anorranglilar”ning hisob raqamida 33 yoshli polshalik hujumchini sotib olish uchun yetarli mablag‘ borligiga ishonmasligi to‘g‘risida xabarlar paydo bo‘lgandi. Shuningdek, “Barsa” prezidenti Joan Laporta moliyaviy vaziyatni stabillashtirish uchun futbolchilarning oyligini 50 foizgacha qisqartirishi mumkinligi aytilgan edi.

 Ma’lumot o‘rnida, o‘tgan mavsumda Levandovski “Bavariya” safida 46 ta o‘yinda maydonga tushib, 50 ta gol urgan va 7 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Polshalik hujumchining “Bavariya” bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. “Transfermarkt” portali 33 yoshli hujumchini 50 million yevroga baholamoqda.

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

19

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing