Levandovski YeCHLda o‘ziga xos rekord o‘rnatdi

Sport

image

“Barselona” hujumchisi Robert Levandovski Yevropa Chempionlar ligasining 2024/25 yilgi mavsumi chorak finalida Dortmundning “Borussiya”siga qarshi o‘yinda kataloniyaliklarning yirik 4:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlangan birinchi o‘yinda dubl qayd etdi.

Shu tariqa, 36 yoshli polshalik forvard yevrokuboklarning asosiy turnirida hech kim erisha olmagan o‘ziga xos yutuqni qo‘lga kiritdi.

Levandovski Chempionlar ligasi tarixida uch xil jamoa: “Borussiya Dortmund”, “Bavariya” va “Barselona” safida bir mavsumda 10 dan ortiq gol urgan birinchi futbolchi bo‘ldi.

Umuman olganda, Levandovski Chempionlar ligasida 105 ta gol urgan. U turnir tarixida Krishtianu Ronaldu (140) va Lionel Messidan (129) keyin uchinchi to‘purar hisoblanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Barselona Robert Levandovski

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing