Levandovski “Oltin to‘p”ga kim munosibligini aytdi

Sport

image

Ispaniyaning “Barselona” klubi hujumchisi Robert Levandovski “Real Madrid” futbolchisi Karim Benzemani “Oltin to‘p” uchun asosiy da’vogar, deb hisoblaydi. Bu haqda Robertning so‘zlariga tayanib,  “Movistar”  nashri xabar berdi.

“Ha, Karim Benzema yaqqol favoritlar qatorida turibdi. Albatta, agar mukofot bekor qilinmasa, katta ehtimol bilan Benzema “Oltin to‘p”ni oladi ”, degan polshalik hujumchi.

Eslatib o‘tamiz, 2020 yilda "Oltin to‘p" koronavirus pandemiyasi tufayli berilmagandi. “Bavariya”da o‘ynagan Levandovski o‘shanda sovrin uchun asosiy da’vogarlardan biri edi. 2021 yilgi nominantlar orasida ham Leva bor edi. Ammo “Oltin to‘p”ning ta’sischisi “France Football” va ovoz bergan jurnalistlar Robertni emas, Lionel Messini mukofotlashni lozim topgan.

Qayd etish kerakki, Robert Levandovski 2020 yili FIFA talqiniga ko‘ra, dunyoning eng yaxshi futbolchisiga beriladigan “The Best” sovrinini qo‘lga kiritgan.

Ma’lumot uchun, joriy mavsumda Robert Levandovski “Barsa” safida 12 ta uchrashuvda maydonga tushib, 14 ta gol urgan va 2 ta golli uzatma amalga oshirgan.


Maqola muallifi

Teglar

Karim Benzema “Barselona” Robert Levandovski “Oltin to'p” “Real Madrid”

Baholaganlar

37

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing