Levandovski “Bavariya”dan qo‘yib yuborishni so‘radi. U ispan grandiga o‘tmoqchi

Sport

image
0:00
0:00
download

“Bavariya” hujumchisi Robert Levandovski tez orada jamoani tark etishi mumkin. Bu haqda AS nashri xabar berdi. 

Qayd etilishicha, 33 yoshli futbolchi myunxenliklar jamoasini tark etish haqida o‘ylamoqda. Robert klub rahbariyatidan “Real”ga qo‘yib yuborishlarini so‘ragan. Levandovskining “janub yulduzlari” bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilning yozida o‘z yakuniga etadi.

Eslatib o‘tamiz, polshalik futbolchi Germaniya chempionati joriy mavsumida 7 ta o‘yinda maydonga tushib, 7 ta gol urgan.

Ma’lumot uchun, “Levangolski” bolaligidan “Real”da o‘ynashni orzu qiladi. Madridliklar rahbariyati u bilan shartnoma  imzolashga tayyor, ammo “Bavariya” joriy yilda uni sotishdan bosh tortgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Germaniya Real Futbol Borussiya Dortmund Bavariya Transfer

Baholaganlar

214

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing