Levandovski “Barsa”ga o‘tsa, yiliga qancha ishlab topishi ma’lum bo‘ldi

Sport

image

Ispaniyaning "Barselona" klubi futbolchilari uchun maoshning cheklangan miqdorini joriy qilmoqchi. Shu sabab, “Barselona” o‘yinchilari 10 million yevrodan ko‘p maosh taklif qilolmaydi. Bu haqda AS nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, "Barselona" prezidenti Joan Laporta Kataloniya klubi futbolchilarining daromadlarini cheklashni taklif qilgan. Laporta fikricha, “ko‘k anorranglilar” tarkibidagi futbolchilar yiliga 10 million evrodan ko‘p maosh olmasliklari kerak. Qayd etish joizki, “Barselona” futbolchilari klub funsionerining bu taklifiga rozi bo‘lgan.

Shuningdek, “Bavariya”ning polshalik hujumchisi Robert Levandovski Kataloniya klubiga o‘tsa, yiliga 9 million yevro ishlab olishi ta’kidlangan. 

Avvalroq, Robert Levandovski “Barselona” bilan 3 yillik shartnoma borasida kelishuvga erishgani haqida xabar berilgan edi. Bundan oldin, polshalik hujumchining “Bavariya”dan ketish niyati borligi ma’lum bo‘lgan.

 

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

23

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing