Levandovski “Bavariya”dan ketmoqchi.

Sport

image

Germaniyaning “Bavariya” klubi hujumchisi Robert Levandovskiga  jamaoning unga nisbatan qilayotgan xatti-harakatlari yoqmayapti. Shuning uchun Robert joriy yilning yozida klubni tark etmoqchi. Bu haqda “Bild” nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, polshalik hujumchi "Bavariya"ning "Borussiya Dortmund"dan "Manchester Siti"ga o‘tgan Erling Xolandga qiziqish bildirganidan norozi bo‘lgan. 

Shuningdek, myunxenliklar Robert Levandovskiga yangi shartnoma taklif qilishga unchalik ham jiddiy yondashmagan. Natijada, Levandovski o‘zini oldingidek qadrlanmayotgandek his qilgan.

Qayd etish joizki, Robertga Kataloniyaning “Barselona” klubidan jiddiy qiziqish bor. Endi Robert Levandovski “Barsa” chorlovini qabul qilishi mumkin. Sababi polshalik futbolchi o‘zini qadrlashadigan joyda o‘ynashni istaydi.

Ma’lumot o‘rnida, joriy mavsumda Robert Levandovski “Bavariya” safida 42 ta uchrashuvda maydon tushib, 47 ta gol urdi va 6 ta goli uzatma amalga oshirdi. “Transfermarkt” portali 33 yoshli futbolchini 50 million yevroga baholamoqda.

 

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

26

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing