Manba: Levandovski “Barselona” bilan 3 yillik shartnoma imzolaydi
Sport
−
18 May 2022 4065 1 daqiqa
“Bavariya” va Polsha terma jamoasi hujumchisi Robert Levandovski “Barselona”ga o‘tishga yaqin turibdi. Bu haqda jurnalist, insayder Nikolo Skira ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida xabar berdi.
Polshalik futbolchi Kataloniya klubi bilan 2025 yilgacha mo‘ljallangan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib olgan. “Barselona” endi shartnomani yopish uchun “Bavariya” bilan transfer shartlarini muhokama qilishi kerak.
Eslatib o‘tamiz, Levandovski 2014 yilda Dortmundning “Borussiya”sidan “Bavariya”ga o‘tgan edi. 33 yoshli polshalik hujumchining nemis klubi bilan shartnomasi 2023 yilning iyunida yakuniga yetadi. Levandovski joriy mavsumda Germaniya Bundesligasida 34 ta o‘yinda maydonga tushib, 35 ta gol urdi va 3 ta golga assistentlik qildi.
Ma’ruf Abdumalikov
Live
BarchasiOhangaronda o‘qituvchi o‘quvchini kaltakladi
22 Oktyabr
Avstraliyada kuchli yomg‘ir yog‘di
22 Oktyabr
Gretsiyada ham talabalar namoyish boshladi
22 Oktyabr