Levandovski ham “El klasiko”ni o‘tkazib yuboradi

Sport

image

“Barselona” hujumchisi Robert Levandovski chap oyog‘ining son mushaklari yirtilgani sababli bir necha haftaga safdan chiqdi. Futbolchining tiklanish muddati jarohatning rivojlanishiga bog‘liq bo‘ladi. Bu haqda “Mundo Deportivo” nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, bu turdagi jarohatlar odatda uchdan olti haftagacha bo‘lgan tiklanish davrini talab qiladi. Shunday ekan, polshalik forvard joriy yilning 26 oktyabr kuni “Santyago Bernabeu”da bo‘lib o‘tadigan “Real Madrid”ga qarshi “El-Klasiko” uchrashuvini o‘tkazib yuboradi.

Levandovski 12 oktyabr kuni Litvada o‘tkazilgan Jahon chempionati saralash o‘yinida Polsha terma jamoasi safida maydonga tushgan edi. U uchrashuvdan so‘ng sonidagi og‘riqdan shikoyat qilgan va Kataloniyaga qaytgach, “Barselona” bazasida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgandan so‘ng Levandovskida jarohat aniqlangan.

Shuningdek, “Barselona” safida Joan Garsiya, Mark-Andre Ter Stegen, Gavi va Dani Olmo ham jarohat sababli yaqin o‘yinlarda maydonga tusholmaydi.

Ma’lumot uchun, Levandovski joriy mavsumda “Barselona” safida 9 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol urishga erishgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Barselona” jamoasi yana bir hujumchisi Ferran Torres ham jarohat olib terma jamoa mashg‘ulotlarini tark etgani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Barselona Robert Levandovski El' klasiko

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing