Ispaniya hujumchisi qaydnomadan chiqarib yuborildi
Sport
−
13 Oktabr 2025 3279 1 daqiqa
Ferran Torres Ispaniya milliy terma jamoasining navbatdagi o‘yinida ishtirok etmaydi. Bu haqda “Marca” nashri xabar berdi.
Manba ma’lumotlariga ko‘ra, hujumchi ertaga, 14 oktyabr kuni JCH-2026 saralash bosqichi doirasida Bolgariya terma jamoasiga qarshi o‘yinni jarohat tufayli o‘tkazib yuboradi. “Barselona” safida to‘p tepadigan futbolchi mushaklaridagi muammolar sababli Ispaniya terma jamoasining kengaytirilgan tarkibidan chiqarildi. O‘yinchi Gruziya MTJga qarshi o‘tgan saralash o‘yinidan so‘ng mushaklarida noqulaylik sezgan.
Ma’lumot uchun, futbolchi o‘sha bellashuvda Ispaniya MTJ foydasiga belgilangan penaltidan unumli foydalana olmagan edi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Lamin Yamalning ham jarohat sababli Ispaniya MTJ qaydnomasidan chiqarib yuborilgani haqida xabar berilgan edi.
Jahongir Inomjonov
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025