Lebron Jeyms afsonaviy Karim Abdul-Jabborning rekordini yangiladi

Sport

image

“Los-Anjeles Leykers”ning “Oklahoma Siti Tander”ga qarshi o‘yinining uchinchi choragi yakuniga ko‘ra, amerikalik basketbolchi Lebron Jeyms 38 ochko to‘pladi. U NBA muntazam ligasi mavsumida bitta o‘yinchi tomonidan to‘plangan ochkolar bo‘yicha rekordni yangiladi. “Los-Anjeles” jamoasi raqibini 99:104 hisobida mag‘lub etdi.

Lebron Jeyms “Oklahoma Siti Tander”ga qarshi bahsdagi natijasi orqali karerasidagi ochkolar soni bo‘yicha afsonaviy Karim Abdul-Jabborning rekordini yangiladi. Bu rekord 1984 yildan beri o‘zgarmayotgandi. 

Lebron joriy mavsumda har bir o‘yinda o‘rtacha 30 ochko to‘plamoqda.

Karl Meloun (36 928), Kobe Brayant (33 643) va Maykl Jordan (32 292) kabi basketbolchilar NBA tarixidagi eng yaxshi bombardirlar reytingida yetakchilar qatoridan joy olgan.


Maqola muallifi

Teglar

basketbol Jeyms

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing