Le Pen Fransiyani NATOdan chiqarishga va’da berdi

Olam

image

Fransiyadagi prezidentlik saylovlarining ikkinchi bosqichiga o‘tgan “Milliy assotsiatsiya” yetakchisi Marin Le Pen agar saylovda g‘olib bo‘lsa, Fransiya NATOdan chiqarilishi mumkin. Bu haqda uning o‘zi bugun, 13 aprel kuni Parijda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ma’lum qilgan. 

“Fransiya NATOning birlashgan harbiy qo‘mondonligini tark etishini istayman. Bizning qo‘shinlarimiz NATO yoki Yevropa qo‘mondonligiga bo‘ysunishiga hech qachon rozi bo‘lmayman. Fransiya 1966 yildan 2009 yilgacha bo‘lgan alyansdagi maqomiga qaytishi kerak”, deydi Le Pen.

Uning aytishicha, agar u davlat rahbari etib saylansa, mamlakatni Yevropa Ittifoqidan chiqarmaydi, balki uni ichkaridan isloh qiladi.

“Frexit mening loyiham emas. Men Yevropa Ittifoqini ichkaridan isloh qilmoqchiman. Shu bilan birga, fransuz va nemis tillarining mavqeini mustahkamlash zarur, deb hisoblayman”, deydi prezidentlikka nomzod.

Le Penning ta’kidlashicha, agar u saylovda g‘alaba qozonsa, Ukrainadagi mojaro tugaganidan keyin NATOga Rossiya bilan strategik yaqinlashuvni taklif qiladi.

“Harbiy harakatlar tugagach, men NATO va Rossiya o‘rtasida strategik yaqinlashuvni taklif qilaman”, deydi u. 

“Milliy assotsiatsiya” yetakchisining qo‘shimcha qilishicha, uning tashqi siyosatining asosiy tamoyillari “mustaqillik, teng masofa va barqarorlik” bo‘ladi.

Shuningdek, u Ukrainaga mudofaa qurollari yetkazib berish va razvedka masalalarida yordam berishda davom etishni va’da qilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

937

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing