Lavrov Rossiyaning O‘zbekistonda rus tili mavqeyini mustahamlash rejasini ma’lum qildi
Jamiyat
−
15 Oktabr 2021
5536Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Moskva bilan ittifoqdosh barcha mamlakatlarda, xususan O‘zbekistonda ham rus tiliga ixtisoslashgan maktablar tashkil etilishini ma’lum qildi. Uning ta’kidlashicha, Tojikistonda Rossiya metodologiyasi bo‘yicha beshta rus maktabi ochiladi. Hozirda O‘zbekiston uchun ham shunday dastur tayyorlanyapti. Armaniston ham bu loyihaga qiziqish bildirmoqda.
TASS nashrida ketirilishicha, Lavrov Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning “rus tili, rus madaniyati, rus dunyosi manfaatlari nuqtai nazarini mustahkamlash” farmoniga muvofiq faol choralar ko‘rilayotganini bildirgan.
Shuningdek u Rossiya mazkur loyihani ittifoqdosh barcha mamlakatlarda amalga oshirishdan manfaatdor ekanini aytdib o‘tgan.
Ma’lumot o‘rnida, Tojikistonda rus tiliga ixtisoslashgan 5 ta maktabni qurish Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmonning qo‘shma tashabbusi hisoblanadi. Ular 2019 yilning aprel oyida Tojikistonning Dushanbe, Xo‘jand, Bo‘xtor, Ko‘lob va Tursunzoda tumanlarida umumta’lim muassasalarini qurish hamda jihozlash bo‘yicha shartnoma imzolagan. Maktablarning har birida 1 200 nafar o‘quvchi ta’lim olishi rejalashtirilgan.LiveBarchasi