Lavrov Mirziyoyevning o‘ng qo‘li bilan uchrashdi
Jamiyat
−
28 iyul 2022 16849 1 daqiqa
Bugun, 28 iyul kuni Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Toshkentga tashrifi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Sardor Umurzoqov bilan muzokaralar o‘tkazdi.
Rossiya TIV Matbuot xizmatiga ko‘ra, tomonlar Rossiya-O‘zbekiston munosabatlarini muhokama qilgan. O‘zbekiston raislik qilayotgan Shanxay hamkorlik tashkilotining bo‘lajak oliy darajadagi tadbirlari arafasida kun tartibida turgan xalqaro hamda mintaqaviy miqyosdagi dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashgan.
Sergey Lavrov va Sardor Umurzoqov o‘zaro manfaatli ikki tomonlama hamkorlikni davom ettirish niyatlarini tasdiqlagan.
Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Sergey Lavrov boshchiligidagi delegatsiyani qabul qilgani haqida xabar bergan edik.
Ma’lumot uchun, Lavrov Shanxay hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashi yig‘ilishida ishtirok etish uchun O‘zbekistonda bo‘lib turibdi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025