Kurs UZS

USD

12 878.96

-30.68

EUR

14 801.79

-106.26

RUB

158.39

-1.36

Latviyaliklardan Rossiya va Belarusga bormaslik so‘raldi

Olam

image

Latviya Mudofaa vaziri Andris Spruds Boltiqbo‘yi aholisini Rossiya va Belarusga sayohat qilishdan tiyilishga chaqirdi. Bu haqda mahalliy TV3 xabar berdi.

Vazir mamlakatlar o‘rtasidagi munosabatlar to‘liq yakunlanmagani uchun aholidan Rossiya va Belarusga borishdan tiyilishini so‘ragan. 

“Davlatlar o‘rtasidagi munosabatlar to‘liq tugatilgani yo‘q, lekin biz xavflarni tushunishimiz, ular haqida gapirishimiz va odamlar Rossiyaga ham, Belarusga ham bormaslik haqidagi chaqiriqlarga quloq tutishi kerak”, deyiladi xabarda. 

Latviya Davlat xavfsizlik xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, Boltiqbo‘yi respublikasi aholisi Latviya hukumatining Rossiya Federatsiyasiga bormaslik haqidagi bir necha bor chaqiruvlariga qaramay, 2024 yilda 2023 yilga nisbatan Rossiyaga ikki barobar ko‘p sayohat qilgan. 2024 yilda har oy o‘rtacha 2 mingga yaqin Latviya fuqarosi Rossiyaga sayohat qilgan. 2023 yilda bu ko‘rsatkich mingga yaqin bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning 7 sentyabr kuni Latviya sharqida Rossiya droni qulagandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Latviya Belarus Andris Spruds

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing