Latviya Ukrainaga million yevrolik dronlar yuboradi 

Olam

image

Latviya tez orada Ukrainaga million yevrolik dronlarining birinchi partiyasini jo‘natadi. Bu haqda mamlakat Bosh vaziri Evika Silinya ukrainalik mavqedoshi Denis Shmigal bilan uchrashuvi chog‘ida ma’lum qildi.

Bosh vazirning so‘zlariga ko‘ra, Latviya uchuvchisiz uchoqlarni boshqarish uchun bir qator instruktorlarni ham yuborishni rejalashtiryapti.

“Ukrainaga uchish apparatlari instruktorlarini ham safarbar qilishimiz mumkin. Ular mojaroda qo‘llanilayotgan texnologiyalar samaradorligini kuzatish bilan birga yangi texnologik o‘zgarishlar qilish imkoniyatini chamalaydi”, degan Silinya xonim. 

Qo‘shimcha qilinishicha, mamlakatda ishlab chiqarilgan dronlar allaqachon ukrainaliklar tomonidan sinovdan o‘tkazilgan hamda jang maydonida juda qo‘l kelmoqda. Bosh vazir 2024 yilda Ukrainaga dronlarni yetkazib berish uchun 9 million yevro ajratilishini ham aytib o‘tgan.


Maqola muallifi

Teglar

Ukraina Latviya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing